Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh ayg‘oqchi samolyoti ushlanishiga oid xabarni mug‘ombirlik deya baholadi
Rasmiy Pekin, Amerika ayg‘oqchi samolyotining "xavfsiz" ushlanishiga oid xabarni jiddiy o‘rganib chiqishni taklif etmoqda.
Avvalroq, CNN telekanali Pentagondagi manbasiga tayangan holda, AQSh harbiy havo kuchlarining RC-135 razvedka samolyoti Sharqiy Xitoy dengizidagi xalqaro havo kengliklarida Xitoyning J-10 qiruvchi samolyoti tomonidan ushlangani xususida axborot bergan edi. Amerika harbiylari xitoylik uchuvchining harakatlarini xavfli, deb baholagan.
"Amerika, o‘z harbiy ayg‘oqchi samolyotlarining Xitoy yaqinidagi parvozlarida mug‘ombirlik qilmoqda. Xitoylik harbiy uchuvchilar har doim qonun doirasida harakat qilishgan, ular o‘zlarini professionaldek tutishadi, majburiyatni his etishadi", — deb ma'lum qilgan XXR mudofaa vazirligi "Xuantsyu shibao" gazetasiga.
17 may kuni yuz bergan xuddi shunday hodisa Vashing