Jahon | 17:05 / 08.06.2016
5839
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgda Coca-Cola zavodi direktorining qotillariga hukm o‘qildi
Sankt-Peterburg sudi Coca-Cola zavodi direktori Dmitriy Soshnev o‘limida ayblantgan jinoyatchilarga hukm chiqardi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchilar - 28 yoshli Denis Chxitauri va 46 yoshli Vyacheslav Finogenov.
Jinoyatchilarga qat'iy rejimli koloniyalarda 16 va 22 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Soshnev 2014 yilning noyabr oyida o‘ldirilgan edi. Tergovga ko‘ra, qotillar unga Frunze tumanidagi avtoturargoh majmuasida uchrashuv belgilashgan va top-menejyerning pullari hamda avtomobiliga egalik qilish maqsadida uni o‘ldirishgan.