Sport | 12:11 / 09.06.2016
4848
2 daqiqa o‘qiladi

Adidas Jahon okeanlar kunini chiqindidan ishlangan krossovkalar bilan nishonladi

Adidas brendi 8 iyun - Jahon okeanlar kunini Parley Ocean Plastic dasturi bilan hamkorlikda adidas x Parley cheklangan krossovkalar kolleksiyasini ishlab chiqarish bilan nishonladi.

Modelning yuqori qismi Maldiv orollarining sohil bo‘yi hududlaridan, shuningdek noqonuniy chuqur suv tarmoqlaridan yig‘ib olingan qayta ishlangan plastik chiqindidan yasalgan. Bu haqida kompaniyaning matbuot-relizida ma'lum qilindi. 

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi: "adidas va Parley'ning hamkorligi ilhomlantiradi. Ularning chiqindini yugurishga mo‘ljallangan oyoq kiyimiga aylantirish tashabbusi shundan dalolat beradiki, hattoki sayyorani ifloslantiruvchi chiqindi ham biror foydali narsa yaratishga xizmat qilishi mumkin ekan".

"Endi biz ushbu texnologiyani qo‘llab, poyabzal va kiyim-kechak yaratishimiz mumkin, uning ommaviy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishga tayyormiz", - dedi Parley for the Oceans asoschisi Siril Gatch.

adidas x Parley krossovkalari sport brendining adidas Tailored Fibre Technology innovatsion texnologiyasidan foydalanib ishlab chiqarilgan. 

adidas'ning Instagram va VK.com'dagi rasmiy sahifalari foydalanuvchilari plastikni ko‘p marta ishlatish mumkinligi haqidagi video yozib, bir juft yangi krossovka yutib olishlari mumkin.  

Parley for the Oceans — okeanlarning naqadar chiroyliligi hamda ularning suvlari himoyalanmaganligi haqida jamiyatning xabardorlik darajasini oshiruvchi ijtimoiy tashkilot.

adidas brendi tashkilotning hammuassisi bo‘lib, plastiklar bilan okeanlarning ifloslanishi bilan kurashuvchi loyihada ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish