Texnologiya | 17:23 / 09.06.2016
3215
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada uchuvchisiz dronlar yordamida chiroqlar shousi namoyish qilindi

Sidney bandargohi ustida uchuvchisiz qurilmalar yordamida uyushtirilgan yetti daqiqali shou namoyish qilindi. 

Yuzta nur taratib turgan dronlar bir vaqtning o‘zida turli shakllarga kirishadi. Ushbu tomosha har yili o‘tkaziladigan Vivid Sydney festivali doirasida o‘tkazildi. 

«Drone 100» shousi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. U bir vaqtning o‘zida uchib turgan eng ko‘p sonli uchuvchisiz qurilmalar sifatida qayd etilgan. Barcha dronlar bitta pult orqali boshqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish