Jahon | 13:40 / 09.06.2016
4737
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi 2 terakt tufayli kamida 22 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida yuz bergan 2ta terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni kamida 22 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 70dan ortiq kishi jarohatlangan.

Aniqlik kiritilishicha, al-Jadid tumanida avtomobil portlatilishi orqali sodir etilgan terakt tufayli 15 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlangan.

Dastlabki xabarlarda bu terakt oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Shuningdek, Bag‘doddan shimoldagi Tadji tumanida portlash yuz bergan va 7 kishi halok bo‘lib, 20dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bu teraktlar uchun hozircha hech qaysi tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Iroq harbiylari ayni vaqtda Al-Faluja shahrini IShIDdan ozod etish uchun urush olib bormoqda. Bu shahar Bag‘doddan 57 km g‘arbda joylashgan.