Jamiyat | 19:34 / 09.06.2016
5403
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts Afrikadagi qashshoq oilalarga 100 mingta tovuq tarqatadi

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts tropik Afrikadagi qashshoq oilalarga 100 mingta tovuq hadya qiluvchi dasturni ishga tushirdi.

Ma'lum qilinishicha, bu ma'noda amerikalik tadbirkor qisqa muddat ichida mintaqadagi kambag‘allikka chek qo‘yishni niyat qilgan. Uning aytishicha, bunday biznes ehtiyojmand oilalarga as qotadi.

“Balki eshitilishi g‘alati tuyular, ammo bu g‘oya o‘zimga ma'qul keldi”, - dedi Geyts.

Milliarderning aytishicha, ayni damda tovuq savdosi bilan qishloq xo‘jaligidagi 5 foiz oila shug‘ullanmoqda. U bu ko‘rsatkichni 30 foizga oshirishni niyat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish