Sport | 12:02 / 09.06.2016
7785
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes eng ko‘p miqdorda daromad ko‘ruvchi sportchilar reytingini e'lon qildi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqiniga ko‘ra eng ko‘p miqdorda mablag‘ to‘lanadigan sportchilar reytingida yetakchilik qilmoqda.

Reytingni keyingi 15 yil davomida har yili kichik Floyd Meyvezer boshqarib kelayotgandi, lekin u bokschilik faoliyatini yakunlagach, Ronaldu birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu futbol vakilining ushbu reytingni boshqarishi bo‘yicha ilk holat. Shuningdek, jamoaviy sport vakilining reytingda yetakchilik qilishi bo‘yicha ikkinchi holat kuzatildi, bundan oldin basketbolchi Maykl Jordan ham Forbes jurnalining yillik reytingi yuqorisida qayd etilgandi.

Reytin sportchilarning 12 oy davomida olgan ish haqlari va bonuslari miqdorlari hisoblanishi asosida tuziladi.

1. Krishtianu Ronaldu («Real», futbol) – 88 million dollar;

2. Leonel Messi («Barselona», futbol) – 81,4 million dollar;

3. LeBron Jyeyms («Klivlend», basketbol) – 77,2 million dollar;

4. Rojyer Federer (tennis) – 67,8 million dollar;

5. Kevin Dyurent («Oklahoma-Siti», basketbol) – 56,2 million dollar;

6. Novak Jokovich (tennis) – 55,8 million dollar;

7. Kemeron Nyuton («Karolina», amerikacha futbol) – 53,1 million dollar;

8. Fil Mikelson (golf) – 52,9 million dollar;

9. Jordan Spif (golf) – 52,8

10. Kobe Brayant («Leykers», basketbol) – 50 million dollar;

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish