Sport | 07:00 / 09.06.2016
6051
1 daqiqa o‘qiladi

"Match TV" kanali Ukraina bayrog‘ini Rossiyaniki bilan adashtirib qo‘ydi

Rossiyaning "Match TV" federal sport kanali ko‘rsatuvlardan birida jonli efirda Ukraina bayrog‘ini Rossiyaniki bilan adashtirib qo‘ydi. Bu xato qayd qilingan skrinshotni tvitterdagi akkauntida jurnalist Aleksey Andronov joylashtirdi.

Ekranda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining uchrashuvlari jadvali ko‘rsatilgan bo‘lib, 16 iyunda S guruhi doirasida Ukraina va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari uchrashishi ko‘rsatilgan. Tasvirda "Ukraina" yozuvi oldida xato ravishda Rossiya bayrog‘i tasvirlangan.  

Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Germaniya (13 iyun), Shimoliy Irlandiya (16 iyun) va Polsha (21 iyun) terma jamoalari bilan uchrashadi. Rossiya esa Angliya (11 iyun), Slovakiya (15 iyun) va Uels (19 iyun) bilan bellashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish