Jahon | 08:36 / 09.06.2016
7309
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: eng yangi britan esminetslari issiq dengizlarda o‘chib qolmoqda

Buyuk Britaniya floti qurollanishiga olingan eng zamonaviy minatashuvchi kemalar suvi issiq dengizlarda ishlay olmasligi ma'lum bo‘ldi. Bu qiziq holat har biri 1,5 mlrd dollar turadigan 6 ta esminets qurib bo‘lingandan keyin aniqlandi.

Issiq dengizlarda kemalarning dvigatellari o‘chib qolmoqda, bu esa dengizchilar dengiz o‘rtasida qolib ketishi bilan xavf soladi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Kema ishlab chiqaruvchilarining aytishicha, ular buyurtmani tegishli ravishda bajarishgan, buyurtmachilar ularni kema yuqori haroratdagi suvlarda suzishi haqida ogohlantirmaganlar. 

Esminetslar Fors ko‘rfazida ishlashi uchun ularga qo‘shimcha dizel generatorlari o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Bu esa davlat g‘aznasiga yana qo‘shimcha bir necha o‘nlab million dollarga aylanadi. Qayd etish joizki, kemalar yonilg‘i tejovchi qilib maxsus ishlangan.