Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va radioeshittirishlar anonsi ma'lum qilindi
Odamzod hayoti umr deb atalmish safardan iborat, uning ko‘zlagan yo‘li esa – saodat manzilidir. Unga ezgulik, mehr-oqibat, odamiylik singari rutbalarni bosib o‘tish orqali erishiladi. Zero, hayot – mazmunli umr kechirish, ezgu maqsad sari mudom intilish, savobli amallarni ko‘paytirish, insoniylikka yetishish demakdir.
“Ziyo” studiyasining “Ramazon tuhfasi” dasturining orqali siz azizlarga taqdim etmoqchi bo‘lgan navbatdagi ko‘rsatuv ham aynan shu haqda.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta takrorlab: “Allohga qasamki, mo‘'min emas”, dedilar. Sahobalar: “Kim, yo Rasululloh”, deb so‘rashdi.
Ul zot alayhissalom kimni nazarda tutgan edilar?
Insonning qaysi fazilatlari bani odamning savobli ishlaridan dalolat beradi?
Olijanob mo‘minning odatlari nimalardan iborat ekanligini bilasizmi?
10 iyun kuni kechki soat 18:45 da hamda 11 iyun tonggi soat 02:35 da “O‘zbekiston teleradiokanali” orqali takroran efirga uzatiladigan ko‘rsatuv bizga beminnat yordam qo‘lini cho‘zadigan, yomonimizni yashirib, yaxshimizni oshirib turadigan qo‘shnilarga bag‘ishlanadi.
Barchasi haqida “Qo‘shning tinch-sen tinch” ko‘rsatuvi orqalib bilib oling.
Radio dasturi anonsi
Toshkent Islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan “Ogohlik” radiodasturi Ramazon oyi mobaynida “Oriyat dono” radiokanali orqali efirga uzatib borilmoqda
Ushbu radiodasturining bugungi eshittirishida Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Zokir Sharipov “Ramazon – ilm-ma'rifat oyi” mavzusida, Ramazon oyida ilm-ma'rifatning ahamiyati hususida so‘zlaydi.
Ushbu radioeshittirishni bugun kechgi soat 19:30 da tinglashingiz mumkin.