Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi ishlar vazirligi "asosiy gadjyetini" namoyish qildi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi YotaPhone 2 smartfonini o‘zining "asosiy gadjyeti" deb atadi. Bu haqda vazirlikning instagramdagi sahifasida ma'lum qilingan.
Xabarga berilgan izohda qurilma vazirlik tomonidan translyatsiyalarni o‘tkazish uchun foydalanilishi aytilgan: "Bizning asosiy gadjyetimizni ko‘rsatish vaqti keldi, unda matbuot-anjumanlar va boshqa muhim tadbirlar jonli ko‘rsatiladi".
Vazirlikda qurilma vaqti-vaqti bilan qayta quvvatlanishni talab qilishi qo‘shimcha qilindi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi o‘z akkauntini 2016 yil iyun boshida yaratgandi. Ayni vaqtda unga 4 mindan atrofida odam obuna bo‘lgan.