Tel-Avivdagi teraktlar qurbonlari soni 4 nafargacha oshdi
Tel-Avivda 8 iyunda kechki vaqt terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 6 kishi yaralandi. Bu haqda Isroil televideniyesining 2-kanali ma'lum qildi.
"Bugun jarohatlardan bir qiz halok bo‘ldi, halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi, yana 6 kishi yaralangan", deb ma'lum qildi telekanal.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ikki terrorchi 8 iyun kuni mudofaa vazirligi majmuasi yaqinidagi "Sorona" savdo markaziga kelib, restoranda taomga buyurtma berib, so‘ngra u yerdagi odamlarga o‘t ochgan.
Hujumni uyushtirgan ikki terrorchi ham ushlangan. Kanalning xabar berishicha, ulardan biri yaralangan. Ikkinchi terrorchi ayni vaqtda xavfsizlik xizmatlari vakillari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi terakt tufayli 9 iyunda harbiy-siyosiy mahkamaning yig‘ilishini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda bosh vazir devonxonasi.
"Harbiy-siyosiy mahkamaning yig‘ilishi 9 iyunda bo‘lib o‘tadi, ayni vaqtda mudofaa vazirligida kuch bloki rahbarlari bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tmoqda", deb ma'lum qilindi bosh vazir devonxonasida.