Jamiyat | 15:55 / 10.06.2016
4269
1 daqiqa o‘qiladi

Yelizaveta II va Edinburg gersogi yubiley portret uchun suratga tushishdi

Buyuk Britaniyaning 90 yoshli qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i 95 yoshli Edinburg gersogi birgalikda portret suratga tushishdi. Bu haqida Hello ma'lum qildi. 

Surat katolik Pasxadan keyin Vindzor qasrida olingan.

Portret taniqli insonlarni suratga tushiruvchi mashhur suratkash Enni Leybovitts tomonidan yaratildi.

10 iyun, juma kuni Filipp 95 yoshga to‘ldi. Qirolichaning tavallud ayyomi 21 aprelda bo‘lib o‘tgan, ammo an'anaga ko‘ra, u iyun oyida nishonlanadi. 

Juftlik 1947 yilda turmush qurgan.