Sport | 18:06 / 10.06.2016
5057
1 daqiqa o‘qiladi

Fransua Olland: "Yevro-2016 Yevropa g‘oyasining tantanasi bo‘ladi"

Bugun 10 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha Yevropa birinchiligi nafaqat ommaviy sport tomoshasi, balki "Yevropa g‘oyasining haqiqiy bayrami" bo‘ladi. Unda nafaqat YeI mamlakatlari qatnashadi, degan fikrlarni bildirgan Fransiya prezidenti Fransua Olland.

Ollandning aytishicha, Yevropa chempionatida YeIga a'zo bo‘lmagan Rossiya, Turkiya va Albaniya kabi davlatlar termalari ham g‘oliblik uchun kurashadi. 

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Fransiyaning 10ta shahrida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga A guruhining ikki a'zosi Fransiya va Ruminiya termalarining o‘yini bilan start beriladi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Parijning "Stad de Frans" o‘yingohida boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish