Jamiyat | 09:16 / 10.06.2016
8756
2 daqiqa o‘qiladi

Gitlerning paypog‘i va Geringning tuflisi auksionda sotiladi

Fashistik Germaniya dohiysi Adolf Gitler va uning yordamchilari bo‘lgan German Gering hamda Genrix Gimmlerga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, auksionda xaridorlar Gitlerning rafiqasi bo‘lgan Yeva Braunning ham kiyimlariga ega chiqishi mumkin.

Sotuvga qo‘yilgan buyumlar (lot) orasida Gitlerning paypog‘i va galstugi, Geringning kalsoni (ishton) va tuflisi hamda Gimmler tomonidan yozilgan qo‘lyozmalar bor.

Bundan tashqari, auksionda «Shturmovik» gazetasi bosh muharriri Yulius Shtreyxer Nyurnberg sudidan keyin osib o‘ldirilgan arqon parchasi sotiladi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, bu natsistlar yetakchilarining shaxsiy buyumlari sotuvga qo‘yilgan eng yirik auksion bo‘ladi. Savdolar 16 iyun kuni Myunxendagi Hermann Historica auksion uyida o‘tkaziladi.

Gitlerga 1944 yilning 20 iyulida suiqasd uyushtirilganidan keyin olingan uning rentgen surati 900 yevroga baholangan. Geringning ishtoni uchun narx esa 500 yevro. Shtrayxer osilgan arqon uchun ham narx shuncha miqdordan boshlanadi.

Bu buyumlarning barchasi amerikalik Jon K. Lattimerda saqlangan. Bu kolleksioner 2007 yilning mayida vafot etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish