Jahon | 10:11 / 10.06.2016
4288
1 daqiqa o‘qiladi

Gruzin harbiylari shamollab qolganlari sabab NATO mashg‘ulotlariga kela olmadi

Gruziya armiyasi bo‘linmasi NATOning Polshada bo‘lib o‘tayotgan «Anakonda» keng qamrovli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida kela olmadi. 

Xabar qilinishicha, safardan biroz avval rota harbiylari orasida ikkita shamollash holati qayd etilgan. Gruziya harbiy kuchlari Bosh shtabi esa infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishga qaror qilgan.
 
Harbiy o‘quv mashqlarida 12-yengil piyoda batalonining rotasi qatnashishi belgilangan edi. 

«Anakonda» - Polsha tarixidagi eng yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotidir. Unda 24 mamlakatdan kelgan 31 ming harbiy xizmatchi hamda 3 ming dona harbiy texnika qatnashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish