Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:47 / 10.06.2016
4893
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro koalitsiya Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yaralanganini tasdiqlamadi
Iroq va Suriyadagi aksilterror harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotgan AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya, Iroq-Suriya chegaralariga berilgan aviazarbalar oqibatida IShID yetakchisining yaralangani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqlay olmadi, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
«Hozircha ushbu xabarni tasdiqlay oladigan biron-bir ma'lumot mavjud emas», —degan koalitsiya vakili, AQSh polkovnigi Kris Garver.
Avvalroq, IShID rahbari al-Bag‘dodiy aviazarbadan jarohat olgani xususida xabar qilgan edik.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish