Sport | 13:51 / 10.06.2016
2624
1 daqiqa o‘qiladi

Nadal Uimbldon turnirini o‘tkazib yuboradi

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Uimbldon turnirini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida sportchining o‘zi  Facebook'dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

"Shifokorlarim bilan maslahatlashib hamda tibbiy tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqib, sizlarga afsus bilan shuni ma'lum qilamanki, men bu yil Uimbldonda o‘ynay olmayman. Tushunib turganingizdek, bu qarorga kelish oson bo‘lmadi, biroq "Rolan Garros"da olgan jarohatimni tuzatish uchun vaqt kerak bo‘ladi", - deb yozadi ispaniyalik 30 yoshli tennischisi. 

Nadal bilak sohasidan olgan jarohati tufayli 27 may kuni Fransiya ochiq chempionatida qatnasha olmasligini bildirgan edi. 

Rafael Nadal Uimbldonda ikki marta - 2008 va 2010 yillarda g‘alaba qilgan.

2016 yilgi turnir 27 iyundan 10 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish