OAV: Timati muxlisasining burnini kvas butilkasi bilan sindirdi
Rossiyalik rep ustasi Timati Yekaterinburgdagi konserti chog‘ida muxlisasining burnini kvas butilkasi bilan sindirib qo‘ydi. Bu haqida 66.ru portali xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 2 iyun kuni "Uralets" konsert zalida sodir bo‘lgan. Timati tomoshabinlarga «Vyatskim kvasom» yarim litrli shishalardagi ichimlikni tarqatayotgan bo‘lgan. Qo‘shiqchi shishalarni ehtiyotkorlik bilan otishga harakat qilgani ta'kidlandi.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, otilgan shishalardan biri uning muxlisasiga borib tekkan. Keyinchalik uning burni singani ma'lum bo‘lgan. U viloyat shifoxonasiga yetkazilgan.
Shifokorlar qizga nafaqat burun sinishi, balki bosh miyaning chayqalishi tashxisini ham qo‘yishdi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘shiqchining muxlisasi hozirda tibbiy muassasada davolanmoqda.
Shunisi qiziqki, qizning yaqinlari ro‘y bergan voqeani inkor etishdi. Xususan, qizning onasi na qizi va na uning o‘zi bunday tadbirlarga bormasligini ma'lum qildi. Nashr bunday pozitsiyaning jabrlanuvchi va Timatining konserti tashkilotchilari o‘rtasidagi kelishuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
"Biz Timati zalga shisha uloqtirishni bilmagandik. Sodir bo‘lgan voqea bizning o‘zimizni ham hayratga soldi. Ushbu vaziyatni to‘g‘irlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Qiz hech qanday talab qo‘ymadi. Biz qizning ota-onasi va Timati bilan muloqotga kirishyapmiz", - dedi "Uralets" vakili.