Jahon | 15:23 / 10.06.2016
14534
2 daqiqa o‘qiladi

Rasmiy Moskva AQShning Qora dengizga kirishiga javob beradi

Rossiya Amerika harbiy dengiz kuchlari kemalarining Qora dengizga kirishiga javob berishni rejalashtirmoqda. Kreml ma'muriyati, AQSh harbiy dengiz kuchlarining harakatini, kuch ko‘rsatish deb baholagan. 

Rossiya tashqi ishlar vaziri umumevropa hamkorligi departamenti direktori Andrey Kelinning «RIA Novosti» bilan muloqotida aytishicha, albatta, dengizda suzish erkinligi va undan tinch o‘tib ketish huquqi mavjud. Shu bois Amerika kemalarining harakatida jiddiy bir qaltislik mavjud emas. 

Biroq mulozim o‘zaro «munosabatlardagi keskinlikning taranglashuvi va kuchayishi»ni qayd etgan. Uning fikricha, Amerika harbiy kemalarining NATO sammiti arafasida Qora dengizda paydo bo‘lishi o‘z kuchini namoyish etishdan boshqa narsa emas. 

5 iyun kuni AQSh oltinchi floti tarqatgan xabarga ko‘ra, Amerikaning Porter esminetsi «Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni yaxshilash maqsadida ittifoqchi hamda hamkorlari bilan patrullik qilish uchun ushbu dengizga kiradi». 

Montre konvensiyasiga binoan, AQSh esminetsi Qora dengizda 21 kun tura oladi. Chunki, xalqaro hujjatga ko‘ra, Qora dengiz davlatlari bo‘lmagan mamlakat kemasi dengizda shuncha muddatdan ortiq vaqt turishga haqqi yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish