Sport | 16:58 / 10.06.2016
5590
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu o‘zini zamonaning eng zo‘r futbolchisi deb atadi

«Real» jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini zamonaning eng zo‘r futbolchisi sifatida bilishini ta'kidladi. Bu haqda Tribuna.uz  Marca nashriga asoslanib xabar bergan.

«Keyingi 20 yil ichida dunyoning eng zo‘r futbolchisi deb kimni aytamanmi? Bu savolga pozitiv ruhda yondashaylik, men o‘zim ko‘rsatgan natijalarga ko‘ra o‘zimni eng yaxshi futbolchi deb atayman.

O‘z davrining yetakchi sportchilari o‘zlari mansub bo‘lgan sport turiga katta ta'sir ko‘rsatishadi. Men bilan ham shunday, men futbolga katta ta'sir ko‘rsataman. Bu ta'sir qay darajada ulkanligini aniq ayta olmayman, agar sen boshqalardan ko‘ra tezroq chopa olsang va boshqalardan yuqoriroq sakray olsang, uzoq vaqt davomida kuchliligingcha qolasan va o‘z imkoniyatlaringni va mahoratingni namoyon etaverasan.

Men o‘z faoliyatimda yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun chin dildan ishlayman va shu ruhda mehnat qilishda davom etaman. Men har bir mashg‘ulotga, har bir o‘yinga jiddiy munosabatda bo‘laman», – degan Ronaldu.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish