Sport | 16:18 / 10.06.2016
4012
2 daqiqa o‘qiladi

Stounz «Manchester Siti»ga o‘tish uchun «Barselona» taklifini rad etdi

«Everton» jamoasi markaziy himoyachisi Jon Stounz «Barselona»dan berilgan taklifni rad etdi.

Daily Mail nashriga asoslanib, Tribuna.uz sayti bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan haftada kataloniyaliklar klubi rahbariyati 22 yoshli bu futbolchining agenti Pol Martin bilan uchrashishgan va futbolchi uchun haftasiga 114 ming yevrolik maosh to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma taklif qilgan.

Lekin Stounz tomoni bu taklifni rad etgan. U «Manchester Siti»da faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, «shaharliklar» bundan oldinroq, «Atletik»dan boshqa bir markaziy himoya chizig‘i vakili, fransiyalik yosh futbolchi Emerik Lyaportni 50 million yevro evaziga xarid qilgan bo‘lishiga qaramasdan, Stounzni ham transfer qilishga jiddiy kirishgan.

Taxmin qilinishicha, «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Stounzni markaziy himoyada emas, biroz oldinroqda o‘ynatishni rejalashtirgan.

Bundan oldinroq, «Barselona» «Everton»ga Stounz uchun 33 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish