Jahon | 08:06 / 11.06.2016
4559
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinada RT telekanali efirga uzatilishi to‘xtatiladi

Argentinada Russia Today telekanali efirga uzatilishi to‘xtatiladi, deb ma'lum qilindi telekanal saytida.

Telekanalning televizion yangiliklari ko‘rsatuvlarini to‘xtatishga Argentina radio va teleuzatish boshqarmasi qaror qildi. Hujjat 60 kundan keyin kuchga kiradi.

"Ayni vaqtdan boshlab kelajakda hamkorlik qilish haqidagi kelishuvni tuzish imkoni qaralmaydi", deyilmoqda hujjatda.

Ta'kidlanishicha, telekanal efirga uzatilishi davlatning bepul teletarmog‘i ichida to‘xtatilmoqda. Kabel televideniyesi orqali RT efirga uzatilishi davom etaveradi.

RT telekanalining ispan tilida Argentinada kunbo‘yi efirga uzatilishiga 2014 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Argentinaning o‘shandagi prezidenti Kristina Kirshner start berishgandi.

Ta'kidlanishicha, ispan tilidagi RT’ning Argentina davlat teletarmog‘iga kiritilishi xorijiy telekanal bunday imkoniyatni olgan birinchi holat bo‘ldi. Telekanal mamlakat aholisining 80 foizdan ko‘prog‘iga uzatiladi.

Telekanalning Argentinada kunbo‘yi efirga uzatilishi oliy darajadagi Rossiya-Argentina muzokaralari natijalariga ko‘ra ommaviy kommunakatsiyalar sohasida hamkorlik haqidagi kelishuvning imzolanishi tufayli mumkin bo‘ldi.

O‘tgan yili Argentinada hokimiyat o‘zgardi. Argentinaning so‘l siyosiy qanoti vakili Kirshner ikkita prezidentlik muddatini o‘tab bo‘lgach, lavozimidan ketdi. Noyabrda saylovlarda o‘ng muxolifat nomzodi Maurisio Makri Argentinaning yangi prezidenti etib saylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish