Jahon | 16:00 / 11.06.2016
8530
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IIV sayti 12 iyundan kirillchadagi yangi mvd.rf domeniga o‘tadi

Rossiya ichki ishlar vazirligining rasmiy internet sahifalari, 12 iyundan boshlab, rus alifbosidagi mvd.rf domenida ishlay boshlaydi, deb xabar qilgan vazirlik vakilasi Irina Volk.

Vazirlik rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi domen Rossiya IIV apparat-dasturiy majmuasi saytlarining ishlashi uchun umumiy bo‘ladi. U, o‘z platformasida, vazirlikning barcha mintaqalardagi 700 dan ortiq saytini birlashtiradi. 

Qayd etilishicha, "RF" domen hududida ro‘yxatdan o‘tgan domen nomlarning ustunligi  unga kirishning qulayligi va saytdan foydalanish hajmi oshishida ko‘rinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish