Jahon | 08:06 / 13.06.2016
4483
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook Orlandodagi teraktdan keyin xavfsizlikni tekshirish funksiyasini kiritdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh hududida birinchi marta Safety Check ("Xavfsizlikni tekshirish") xizmatini faollashtirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bunga Orlandodagi klubga uyushtirilgan hujum sabab bo‘ldi.

Yangi funksiya foydalanuvchi do‘stlariga u qandaydir fojia joyi yaqinida bo‘lgandan keyin uning ahvolini bilishga imkon beradi. Funktsiya tegishli axborotni tezkorlik bilan olishga va fojia hududidagi do‘stlar bilan bog‘lanishni taklif qiladi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Facebook 2015 yil kuzda Parijdagi teraktlardan keyin Safety Check kech faoallashtirilgani uchun tanqid qilingandi. Foydalanuvchilar bu funksiyaning Bryussel aeroporti va metrosidagi portlashlardan keyinoq ishga tushirilishini talab qilishgan va ijtimoiy tarmoqning sustligi uchun tanqid qilishgan.

12 iyunga o‘tar kechasi afg‘on millatiga mansub AQSh fuqarosi Omar Matin Orlandodagi tungi klubga hujum qilgan. U klubdagi odamlarni o‘qqa tutib, ulardan bir nechasini garovga olgan. Hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi yaralangan. Ushbu jinoyat uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.