Jahon | 22:41 / 14.06.2016
5379
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni qiroli Orlandodagi otishmani qattiq qoraladi

Saudiya podshohi Salmon ibn Abdul Aziz Al Saud Orlandodagi tungi klubda yuzaga kelgan va 49 kishi halok bo‘lgan voqeaga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

“Biz Floridada yuz bergan va insonlar hayotiga zomin bo‘lgan fojiani chuqur qayg‘u bilan eshitdik. Biz bu sharmandali va jinoiy harakatni, ya'ni na muqaddas dinga va na insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan ushbu harakatni qattiq qoralaymiz”, - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Xabarda keltirilishicha, qirollik hukumati va xalqi terrorchilik va zo‘ravonlikka qarshi kurashishda xalqaro hamjamiyat birlashishi lozimligini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish