Jahon | 06:55 / 15.06.2016
4794
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Venesuela keskinlikni kamaytirish uchun muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges ikki davlat o‘rtasida siyosiy keskinlikni kamaytirish maqsadida zudlik bilan muzokaralar boshlash haqida kelishib oldilar.

Bu haqda Kerri 14 iyunda o‘zining karakaslik hamkasbi bilan Dominikana Respublikasi poytaxti Santo-Domingodagi uchrashuvidan keyin aytib o‘tdi. Diplomatlar bu yerda Amerika davlatlari tashkiloti bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etmoqdalar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Kerri Karakasga muzokaralar olib borish uchun o‘zining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni yuborishga va'da berdi.

Kerri Vashington Venesuelada Amerika davlatlari tashkiloti xartiyasining bir qator moddalarining qo‘llanishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi, buning oqibatida Venesuelaning bu tashkilotdagi a'zoligi to‘xtatilishi kerak. Kerrining aytishicha, Venesuelaning bu tashkilotda a'zoligining to‘xtatilishi konstruktiv qadam bo‘lmaydi.