Jahon | 00:21 / 15.06.2016
4728
1 daqiqa o‘qiladi
Politsiya Texasda odamlarni garovga olgan jinoyatchini yo‘q qildi
AQSh huquq-tartibot muassasalari xodimlari Texas shtatidagi Amarillo shahrida odamlarni garovga olgan noma'lum kimsani yo‘q qilishdi. Operatsiyada politsiyaning maxsus vazifalarni bajaruvchi SWAT bo‘limi ishtirok etdi.
Politsiya departamentining matbuot byonotida garovga olinganlar xavfsizlikda ekani aytilgan.
Voqea tergovi davom etmoqla, shahar aholisi voqea sodir bo‘lgan savdo markazi yoniga vaqtinchalik bormaslik so‘raldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea ish joyidagi mojaro bilan bog‘liq bo‘lgan.
Avvalroq qurolli kimsa Texasdagi Walmart savdo markazida odamlarni garovga olgani ma'lum qilingandi.