Zenith: 2018 yilga borib internet butun mediaiste'molning 31 foizini egallaydi
Butun dunyo bo‘ylab vaqtini mobil internetda o‘tkazuvchilar soni 2016 yilda 27,7 foizga ko‘payadi. Mobil mediaiste'moli ham 1,4 foizdan ko‘proqqa o‘sadi. Zenith’s Media Consumption Forecast'da shunday prognozlar keltirildi.
Boshqa platformalardagi mediaiste'moli 3,4 foizga pasayishi qayd etilgan. 2015 yilda mobil qurilmalar desktoplardan o‘zib ketdi va internetga kirishning asosiy manbaiga aylandi. Zenith analitiklari 2016 yilda odamlar mobil internetga kuniga o‘rtacha 86 daqiqa sarflaydilar, deb hisoblashadi. Taqqoslash uchun - desktoplarda bu raqam atigi 36 daqiqani tashkil qiladi. Shu tariqa, internetdagi axborot iste'molining 71 foizi mobil qurilmalar orqali qabul qilinadi.
Zenith ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda barcha an'anaviy tijorat medialari ular bilan o‘tkaziladigan vaqtdan yutqazishadi:
kinoteatrlar - 0,5 foiz;
tashqi reklama - 0,8 foiz;
televideniye - 1,5 foiz;
radio - 2,4 foiz;
gazetalar - 5,6 foiz;
jurnallar - 6,7 foiz.
2017 yil uchun Zenith mediaiste'moli o‘sishi sekinlashishini taxmin qilmoqda - atigi +1,2 foiz.
2018 yilda esa o‘sish 0,4 foizga yanada pasayadi. Bu mobil qurilmalardan foydalanuvchilar sonining yuqori tempda o‘sishdan to‘xtashi bilan bog‘liqdir.
Ko‘rsatkichlarning kamayishiga qaramay, televideniye mediaiste'molining asosiy manbai bo‘lib qolmoqda - 2015 yilda odamlar bir kunda 117 daqiqani televizor ekrani qarshisida o‘tkazishgan.
Internet - kuniga 110 daqiqa bilan ikkinchi o‘rinda.
2018 yilga borib internet butun mediaiste'molning 31 foizini egallaydi.