Jahon | 21:23 / 16.06.2016
6531
1 daqiqa o‘qiladi
BMT yil boshidan 844 mingdan ko‘proq suriyalikka yordam ko‘rsatdi
BMT yil boshidan beri Suriyada 844 mingdan ko‘proq kishiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi, deb ma'lum qildi Insonparvarlik masalalari bo‘yicha tashkilot boshqarmasi.
Yanvardan Suriyaning 844 ming 325 nafar fuqarosiga isnvonparvarlik yordami ko‘rsatilgan. Ulardan 296 ming 650 nafari qamal qilingan aholi punktlarida va yana 500 mingi mamlakatning yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida yashaydi.
Hammasi bo‘lib Suriya shaharlariga 83 karvon insonparvarlik yordami jo‘natilgan va havo orqali 55 marta yordam tashlangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, insonparvarlik tashkilotlari BMT tomonidan qamal qilingan deb belgilangan 19 ta aholi punktidan 15 tasiga yetib bora olgan.