Jahon | 20:58 / 16.06.2016
7412
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada AESdagi atom reaktori to‘xtab qoldi

Fransiyadgi eng keksa "Fessenxaym" atom elektr stansiyasining atom reaktori bug‘ generatorining ishdan chiqishi sababli to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, 900 megavattli reaktor 13 iyunda bug‘ generatori tizimini tekshirish uchun to‘xtatilgan.

Yaponiyadagi "Fukusima-1" AESining tengdoshi bo‘lgan "Fessenxaym" AESining yopilishi Fransiya prezidenti Fransua Ollandning saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgan. Olland 2016 yilda AES ishi to‘xtatishi kerakligini aytgan, biroq keyinroq yangi "Flamanvill" AESining ochilishi 2018 yilga ko‘chirilgani sababli uning yopilishi boshqa sanaga ko‘chirilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish