Jahon | 06:43 / 16.06.2016
4621
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri: AQSh Eron oldidagi barcha majburiyatlarini bajardi

AQSh hukumati Eron yadroviy dasturi kelishuviga muvofiq Eron oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini bajardi, biroq moliyaviy institutlarga Eron bilan hamkorlikni boshlashni ortga surmasligi uchun qo‘shimcha ta'sir o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Osloda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Norvegiya hukumati rahbari Erna Sulberg bilan matbuot-anjumanidan keyin aytdi.

Kerri bundan avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan bir soatlik uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuvda o‘tgan yil iyulda erishilgan kelishuvning bajarilishining borishi muhokama qilindi.

"AQSh bizdan talab qilingan va kelishuvga muvofiq qilinishi talab qilingan barcha ishni qildi. Biz Erondan bekor qilishni va'da qilgan sanksiyalarni bekor qildik", deb aytdi Kerri va Eron bilan hozircha ishchi aloqalar o‘rnatishga shoshmayotgan bank va korxonalarga shaxsan o‘zi murojaat qilganini qo‘shimcha qildi.

Kerrining aytishicha, Eron shubhasiz unga Birgalikdagi har tomonlama harakatlar rejasini bajarishda va'da qilingan barcha narsani olishi kerak. "Agar banklar shaxsiy sabablar – ehtiyotkorlik yoki tushunmovchiliklar sababli muloqotga kirishmayotgan bo‘lsa, unda fikrimcha, biz barcha zarur masalalarni shunday tushuntirishimiz kerakki, barcha va'dalar bajarilsin. Agar bu qilinmasa, kelishuvning o‘zi xavf ostida qoladi", deb ta'kidlab o‘tdi Kerri.

Kerri AQSh hukumati Amerika va Yevropa banklariga muzlatilgan hisob raqamlarni qayta ochish yoki yangilarini ochish, Eronda biznes yuritish va loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berayotganini ta'kidlab o‘tdi.