Fan-texnika | 15:20 / 16.06.2016
6662
2 daqiqa o‘qiladi

«MegaFon» mobil internet tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Rossiyaning mobil aloqa operatori «MegaFon» dunyoda birinchilardan bo‘lib, mobil internet tezligi borasida soniyasiga 1 gigabitni ta'minlab, rekord o‘rnatdi. Bu ko‘rsatkichga Huawei uskunasi va Qualcomm Snapdragon X16 LTE modemi bazasidagi abonentlik qurilmasi prototipi yordamida erishgan. U, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi arafasidagi anjumanlar diorasida amalga oshirilgan. Eng eng yuqori tezlik sinovi vaqtida internet tezligi 1,24 Gbit/sni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda kompaniya.

Aytish joizki, 5G tarmog‘i mobil aloqasini yanada arzonlashtiradi: mijozlar kam pul evaziga ko‘proq xizmatga ega bo‘lishadi. Shu bois, kompaniya Rossiyada birinchi bo‘lib 5G tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
 
Huawei kompaniyasining Carrier Business Group prezidenti Syuy Syuyemin (Xu Xueming)ning ishonch bildirishicha, «MegaFon» Huawei uskunalarini tanlab xato qilmagan. 

Sinov uchun taqdim etilgan Huawei DBS3900 baza stansiyalarining qurilmalari, AAU3961 chidamli antenna bloklari, signallarni qayta ishlash platalari va dasturiy ta'minotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin. 

Qualcomm kompaniyasining sharqiy Yevropada biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Yuliya Klebanovaning ishonch bildirishicha, ushbu tezlik namoyishi simli va simsiz internet o‘rtasidagi farqni yo‘qqa chiqargan.