Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoyning birinchi avialayneri 2016 yili sinov parvozlariga chiqadi
Xitoyning birinchi milliy yo‘lovchi samolyoti C919 2016 yilning ikkinchi yarmida sinov parvozlarini boshlaydi, deb yozmoqda "Tszintszi tsankao bao" iqtisodiy nashri.
C919 — Xitoyning birinchi magistral havo layneri bo‘lib, arzon tasnifidagi 158 yo‘lovchi bilan 4075 kilometrga parvoz qila oladigan ilk loyihasidir.
Uni COMAC (Commercial Aircraft Corporation of China - Xitoy tijorat aviasozlik korporatsiyasi) kompaniyasi g‘arb butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini keng jalb etgan holda amalga oshirmoqda. Xabar qilinganidek, COMAC 21ta turli tashkilotdan 517 dona samolyotga buyurtma olgan.
Xabarlarga ko‘ra, samolyotning texnik sinovlari 2017 yil yakunlanib, shundan so‘ng u rasman foydalanishga topshiriladi.