Jahon | 11:54 / 16.06.2016
5263
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi teraktlardan keyin Twitter, Google va Facebook'ni sudga berishdi

Parijdagi teraktlar natijasida halok bo‘lgan qizning otasi IShIDni targ‘ib qilishda yordam bergani uchun Twitter, Google va Facebook'ni sudga berdi. Bu haqida TMZ portali xabar berdi.

Qizi Nohemi terrorchilar qo‘lidan halok bo‘lgan Reynaldo Gonzales ijtimoiy tarmoqlar IShIDga zamonamizning eng qo‘rqinchli terrorchi guruhiga aylanish imkonini berishdi, deb hisoblaydi. 

Da'vogar ijtimoiy tarmoqlarni beparvolikda ayblamoqda, uning fikricha, ular terrorchilarga akkaunt ochishga imkon berishmoqda va shu tariqa ekstremistik g‘oyalar targ‘ibotiga yordam ko‘rsatishmoqda. 

Bundan tashqari, da'vogar YouTube'ni  (Google'ga tegishli) jangarilarning roliklari reklamasidan daromad olishda gumon qilmoqda.