Jahon | 11:11 / 16.06.2016
3691
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya floti KXDR dengiz chegaralari yaqinida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlarining 20ta kemasi aviatsiya ko‘magida 3 kunlik o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Mashg‘ulotlar KXDR bilan tortishuvli dengiz chegaralari yaqinida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilgan «Renxap» agentligi. Undan ko‘zlangan maqsad, shimolliklar tomonidan ehtimoliy fitnalarning oldini olishdir. 

1953 yil bir tomonlama tartibda o‘tkazilgan shimoliy chegara chizig‘ini Pxenyan tan olmaydi. Shu bois bu hududda davriy ravishda turli hodisalar, ba'zan otishmalar ham yuz berib turadi. 

May oyi oxirida Shimoliy Koreya harbiylari, agar janub kemalari mojaroli chegarani buzadigan bo‘lsa, ularni o‘qqa tutishini bildirgan edi. 

O‘shanda KXDR armiyasi bosh shtabi bayonotidan so‘ng, shimoliy koreyaliklarning baliqchi kema va patrul qayig‘i chegarani buzgan, bunga javoban janubiy koreys harbiylari besh marotaba ogohlantiruvchi o‘q uzgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish