Sport | 11:43 / 17.06.2016
4458
2 daqiqa o‘qiladi

Bokuning shahar trassasida ilk marotaba "Formula-1" poygalari bo‘lib o‘tadi

17 iyun kuni Bokuda "Formula-1" poygalarining 2016 yilgi mavsumi jahon chempionati sakkizinchi bosqichi dasturi boshlanadi. Unga Ozarbayjon poytaxtidagi shahar trassasida ikkita erkin amaliyot bilan start beriladi. 

Aytish joizki, ayni vaqtda "Mersedes" jamoasining ikki yetakchisi Niko Rosberg va Lyuis Xemiltonlar uchun Boku bosqichi oson bo‘lmasligi aniq. 

Umuman, aytish mumkinki, Boku trassasi chempionat taqvimiga birinchi marta kiritilgani bois, barcha pilotlar uchun o‘ziga xos topishmoqdir. 

Bokudagi "Formula-1" trassasi, shahar chetiga yotqizilgan bo‘lib, uning start chizig‘i Kaspiy dengizi sohilidan boshlanadi. Trekda 20 ta burilish mavjud, 12tasi chapga va 8tasi o‘ng tomon qayriladi. Uning uzunligi 6 kmni tashkil etsa-da, start yo‘li 2,1 km lik to‘g‘ri yo‘ldan iborat. Shunga ko‘ra, finishga yaqinlashgan poygachilar soatiga 340 km gacha harakatlana olishadi. Shu bilan birga, u qatorasiga 8ta 90 darajali burilishlarga egaligi bilan ham ajralib turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish