Fan-texnika | 07:38 / 17.06.2016
3731
1 daqiqa o‘qiladi
Facebook ishida nosozlik kuzatildi
Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq ishida nosozlik yuz berganini ma'lum qilishdi. Foydalanuvchilarning bir qismida dasturning desktop versiyasida xabarlarni o‘qib bo‘lmagan.
DownDetector sayti ma'lumotlariga ko‘ra, nosozlik Toshkent vaqti bilan 16 iyun soat 23.00da qayd qilingan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar (41 foiz) butun sayt bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Yana shuncha odam ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlariga kira olmayotganlaridan shikoyat qilganlar.
Foydalanuvchilar shikoyatlari qayd etilgan xaritaga ko‘ra, muammolar AQSh va Yevropa davlatlarida, shu jumladan Rossiyada vujudga kelgan. Ba'zi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqning Messenger dasturi to‘xtashlar bilan ishlayotganini ta'kidlashgan.