Qozog‘istonda oltin qazib oluvchilar va qo‘riqchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
Qozog‘istonning Oqmola viloyatidagi oltin olinuvchi shaxta ishchilari va qo‘riqchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda 17 iyunda "Interfaks-Kazaxstan" xabar berdi.
Voqea Besto‘b posyolkasida yuz berdi. Oltin oluvchi korxonada yuz bergan ommaviy mushtlashuv haqidagi xabar yaqin oradagi Stepnogorsk shahri ichki ishlar bo‘limi navbatchi qismiga 16 iyun kechki payt kelib tushgan. Voqea joyiga politsiya naryadlari kelganda mushtlashuv to‘xtagan. Mahalliy ijroiya organlari, prokuratura va politsiya tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgandan keyin mushtlashuv ishtirokchilari voqea joyini tark etishgan.
Huquq-tartibot muassasalari "O‘qotar qurol, gazli qurol, pichoq, kastet va boshqa sovuq qurolni qo‘llab yoki qo‘llashga urinib bezorilik qilish" moddasi bo‘yicha sudgacha tekshirishni boshlashdi. Mushtlashuv sabablari ma'lum qilinmagan.
2015 yil iyulida "Kazaxmis" korporatsiyasining tog‘-boyitish kombinati ishchilari oshxonadagi oziq-ovqatning qoniqarsizligi sababli ommaviy to‘polon ko‘tarishgandi. To‘polon vaqtida 31 ishchi jabr ko‘rgan.