Kudrin: rublning qulashiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin edi
Rossiya sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin agar Rossiya o‘tgan yillarda neft-gazdan olinadigan daromadlardan bog‘liqlikni kamaytirganda rublning qulashiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin edi, deb hisoblamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Kudrin Rossiyaning iqtisodiy blokining neft sotishdan Rossiyadan ko‘ra ko‘proq daromad oladigan Saudiya Arabistoni va Norvegiyadagi hamkasblaridan o‘rganishga chaqirdi.
"Saudiya Arabistoni va Norvegiya tajribasi bundan qutulib qolish mumkinligini ko‘rsatdi", deb aytdi Kudrin.
Kudrin rublni erkin suzishga qo‘yib yuborgan Rossiya bankini maqtadi.
"Albatta bu sharmandalik. Biroq rublni qo‘yib yuborish kerak edi, Markaziy bank hech narsa qila olmasdi. Suzuvchi kurs muqarrar edi", deb aytdi Kudrin.
Avvalroq Kudrin rublning qadrsizlanishini sharmandalik deb atagandi. "Milliy valyutaning 2 martadan ko‘proqqa qadrsizlanishi – bu iqtisodiyot uchun javob beruvchi hukumat uchun sharmandalik. Bu biznes, eksport uchun barqaror sharoitlar yaratib bera olmasligimizni anglatadi", deb aytgandi Kudrin.