Jahon | 14:36 / 17.06.2016
3484
1 daqiqa o‘qiladi

Total kompaniyasi muqobil energiya manbalariga 20 mlrd dollar sarmoya kiritdi

Fransiyaning Total neft kompaniyasi qayta tiklanuvchi energiya sohasiga jami 20 mlrd, quyosh energetikasiga 1,5 mlrd dollar sarmoya kiritgan. Bu haqda, kompaniya rahbari Patrik Puyanne, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan Sberbankning "Neftdan so‘nggi hayot" nomli amaliy nonushtasida bayonot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Total mazkur sohaga sarmoya kiritayotgan eng yirik 10 ta kompaniyaning biridir. Xususan, kompaniya bugungi kunda "batareya va akkumulyatorlar"ga mablag‘ ajratmoqda.

Total qayta tiklanuvchi energiya manbalarini alohida biznes emas, balki kompaniya daromad manbaining bir qismi sifatida baholamoqda 

Puyannening aytishicha, gaz va muqobil energiya manbalari faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish turli manbalarning to‘g‘ri "aralashma"si hisoblanadi.