Sport | 13:48 / 17.06.2016
4098
1 daqiqa o‘qiladi

Veron: "Messi ovozini balandlatmay yetakchilik qiladi"

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Xuan Sebastyan Veron Lionel Messi terma jamoaning haqiqiy yetakchisi ekanini ta'kidladi.

Avvalroq Diyego Maradona Messida yetakchilik xususiyati yetishmasligini aytgandi.

"Messi atrofdagilarga o‘xshamaydigan yigit. O‘z vaqtida Maradona ham shunaqa bo‘lgan. U jamoa uchun tengsiz futbolchi hisoblanadi.  Leo ovozini balandlatmay yetakchilik qiladi. Unga yetakchi bo‘lish uchun baqirish shart emas",- deydi Veron.

Manba: Tribuna.UZ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish