Texnologiya | 15:09 / 17.06.2016
9182
2 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma Alibaba Group’ni o‘zining eng katta xatosi deb atadi


Internet savdo bilan shug‘ullanuvchi Alibaba Group asoschisi Jyek Ma Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida qilgan chiqishida, umridagi eng katta xatosiga to‘xtalib o‘tdi. 

«Umrimdagi eng katta xatoim, Alibabaeni tashkil etganim bo‘ldi. U mening hayotimni shunchalik o‘zgartirib yuboradi, deb o‘ylamagandim. Men shunchaki, kichikroq bir kompaniyaga asos solmoqchi edim, ammo u yiriklashib ketdi», — degan Jyek Ma. 

Ma, shuningdek, unga yana bir imkoniyat berilganda, bunday biznes bilan hech qachon shug‘ullanmasligini aytgan. 

«Xohlardimki, dunyoning istalgan mamlakatiga borib, u yerda tinchgina vaqtimni o‘tkazish imkoniyati bo‘lsa. Men biznes haqida gapirishniyam, ishlashni ham xohlamayman», — deb qo‘shimcha qilgan Ma. 

Ma o‘zining eng asosiy orzusiga to‘xtalib, «dunyoning barcha korxonalarini birlashtiruvchi elektron yo‘lak barpo etish» ekanini aytgan.
Avvalroq Jyek Ma Rossiyaga kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni taklif etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish