Jahon | 16:57 / 18.06.2016
9104
1 daqiqa o‘qiladi
Misr sobiq prezidenti Mursiy umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi
Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va uning ikki safdoshini Qatar foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi sud qaroriga asoslanib, xabar qilmoqda.
2015 yil avgustida Mursiy manfaatlarini himoya qilgan advokatlar o‘sha vaqtda sobiq davlat rahbariga e'lon qilingan sud qarori ustidan arz qilgan edi.
O‘shanda, Muhammad Mursiy 2011 yilgi inqilob vaqtida, "Musulmon birodarlar" tashkilotining yetakchilari qamoqxonadan ommaviy qochishiga aloqasi borlikda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum etilgan edi.