O‘zbekiston | 12:23 / 18.06.2016
8056
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2016 yilning 21-22iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining o‘n uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning tegishli vazirliklari rahbarlari madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiradagan boshqa mavzularni muhokama qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish