Jahon | 18:06 / 19.06.2016
5542
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko 21 iyun kuni Fransiyaga tashrif uyushtiradi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning matbuot xizmati prezidentning 21 iyun kuni Fransiyaga ishchi tashrif bilan borishi haqida ma'lum qildi.

17 iyun kuni Fransiya TIV rasmiysi Romen Nadal Poroshenkoni 21 iyun kuni Parijda kutishlari haqida xabar qilgandi.

"21 iyun, seshanba kuni Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ishchi tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Tashrif dasturida Fransiya prezidenti Fransua Olland, Fransiya milliy yig‘ilish raisi Klod Bartolon hamda Fransiya Senati raisi Jyerar Larshe bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan", deya xabar qilgan Ukraina prezidenti matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish