Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:08 / 20.06.2016
5220
1 daqiqa o‘qiladi
23 iyun kuni Toshkentda ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlisi o‘tkaziladi
2016 yilning 23 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlisda ShHT Ishbilarmonlar kengashining milliy qismlari raislari boshchiligidagi Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston ishbilarmonlar delegatsiyalari vakillari tomonidan faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini, jumladan yaqin kelajakda hamkorlikni kengaytirishning ustuvor va asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish