Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:48 / 20.06.2016
3668
1 daqiqa o‘qiladi
Kaliforniyada samolyot temir yo‘lga qulab tushdi
Kaliforniyada yengil motorli samolyot temir yo‘l izlariga qulab tushdi. Bu haqda CBS telekanali ma'lum qildi.
Voqea oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Yerda hech kim jabrlanmagan.
Noxush voqea Kaliforniya shtatidagi Xeyvard shahrida yuz berdi. Samolyot temir yo‘l izlariga qulagandan keyin yonib ketgan. Hududda tezyurar elektr poyezdlarning harakati to‘xtatilgan.
Voqea joyida mutaxassislar ishlamoqda. Ular samolyot qulashi oqibatlarini bartaraf etishmoqda. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish