Jahon | 08:48 / 20.06.2016
5831
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda davlat xizmatchilari ketayotgan avtobus portladi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda davlat xizmatchilari ketayotgan avtobus portladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning aniq soni keltirilmagan.

Favqulodda holat sabablari noma'lum. Voqea joyida politsiya ish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish