Sport | 23:16 / 21.06.2016
4698
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016. Polsha Ukrainadan ustun keldi

Yevropa chempionati guruh bosqichining uchinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Marselda C guruhi vakillari Ukraina va Polsha terma jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Yakub Blashshikovski tomonidan kiritilgan gol Polshaga g‘alaba keltirdi. Bu g‘alabadan keyin polyaklar hisobidagi ochkolar soni yettitaga yetdi va ular guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yevro-2016. 3-tur. S guruhi
Ukraina – Polsha 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
Blashchikovski (54).
Ukraina: Pyatov, Xacheridi, Butko, Fedetskiy, Kucher, Zinchenko (Kovalenko, 73), Rotan, Yarmolenko, Stepanenko, Konoplyanka, Zozulya (Timoshchuk, 90).
Polsha: Fabianski, Glik, Yendjyeychik, Chonek, Pazdan, Zelinski (Blashchikovski, 46), Krixovyak, Yodlovets, Kapustka (Grositski, 71), Milik (Stajinski, 90), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Rotan (25), Kucher (38), Kapustka (60).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish